DIFFERENSIATSIYA

DIFFERENSIATSIYA (frans. differentiation, lot. differentia — farqlanish, farq) , ixtisoslashish — dastlab bir xil elementlardan iborat boʻlgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi. Differensiatsiya muayyan sistema funksiyasining kengayishi, intensivligining koʻtarilishi va bu funksiyalarni uning tarkibiy qismlari oʻrtasida taqsimlanishi bilan bogʻliq holda sistema ishining samarasini oshiradi. Differensiatsiya bir necha shakdsa namoyon boʻladi. Felogenetik Differensiatsiya — yaxlit taksonning ikki yoki bir nechta qismlarga ajralishi (mas, adaptiv radiatsiya, tur hosil boʻlishi). Turning populyatsiyalarga Differensiatsiyasi tabiiy resurslardan uning optimal foydalanishiga olib keladi. Morfofiziologik Differensiatsiya — evolyutsiya jarayonida organizmlarda har xil funksiyalarni bajaradigan turli xil strukturalarning rivojlanishi. Bunday Differensiatsiyaning ketma-ket paydo boʻladigan davrlari organizmlarning asosiy tuzilish darajalariga mos keladi. Morfofiziologik Differensiatsiya morfofiziologik jarayon mezonlaridan biri hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: DIFFERENSIATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
OKEAN
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты