DIFFUZOR

DIFFUZOR — 1) quvur yoki kanalning havo, gaz yoki suyuklik oqimi sekinlashadigan va bosimi oshadigan qismi. Havo oʻtkazish quvurlarida, gaz, neft tozalash va haydash uskunalarida, oʻlchash asboblarida Diffuzor boʻladi. Avtomobil dvigatellari karbyuratorlarida Diffuzor silindrlarga yuboriladigan yonilgʻi aralashmasining hosil boʻlish sharoitlarini (toʻla bugʻlanishi va changishini) yaxshilaydi, havo tezligini oshiradi;

2) elektrotexnikada — radiokarnay mexanik tebranuvchi tizimining bir qismi; havoda tovush toʻlqinlari hosil qilish uchun moʻljallangan;

3) fototexn ikada — kontrasti kamaytirilgan (yumshoq) rasmning fotografik tasvirini olish uchun moʻljallangan moslama;

4) alyuminiy olishda — maydalangan boksit boʻlaklari ishqor eritmasida ishlanadigan apparat. Odatda, 12—14 ta shunday apparatni ketma-ket biriktirib, batareya hosil qilinadi. Batareyaning bir tomonidan issiq suv berilib, ikkinchi uchidan konsentrlangan natriy alyuminat eritmasi olinadi.


Lotin alifbosida maqola: DIFFUZOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
YER
NEFT
OKEAN
NEFTNI QAYTA ISHLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты