DISHAN QALʼA

DISHAN QALʼA (tashqi qalʼa) — Xivaning rabod qismi. 1842-y. da Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor (uz. 6250 m, bal. 7—8 m, devor qalinligi 5—6 m.) b-n oʻratgan. Qurilishga koʻp aholi jalb qilinib, qalʼa 6 haftada bitka-zilgan. Dishan qalʼada 10 darvoza boʻlgan: Hazorasp (Qoʻy), Pishkanik, Bogʻi shamol, Shayxlar, Tozabogʻ, Shohimardon, Doshoyoq, Qoʻsh, Gadoylar va Gandumiyon (Hazorasp va Qoʻsh darvozalaridan boshqalari saqlanmagan). Dishan qalʼaning bosh koʻchalari (Hazorasp, Bogʻi shamol, Shohimardon, Qoʻsh) Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohi rui jahon, Toʻrt Shabboz, Abdolbobo majmualari kabi koʻpgina obidalar saqlanib qolgan. Dishan qalʼada hozir maʼmuriy va maishiy binolar, xiyobonlar barpo etilgan.


Lotin alifbosida maqola: DISHAN QALʼA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XIVA
XORAZM VILOYATI
ICHAN QALʼA
OLLOQULIXON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты