DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH

DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH — asosiy kuchaytiruvchi elementi segnetoelektrikli kondensatordan iborat boʻlgan elektr tebranishlari kuchaytir-gichi; keladigan kuchlanish oʻzgarganda kondensator sigʻimi oʻzgarib, elektr tebranishlar kuchayadi. Koʻpincha Dielektrik kuchaytirgichning kuchaytirish kaskadida segneto-elektrikli kondensatorlar elektrik koʻprik sxemasida ulanadi. Dielektrik kuchaytirgichning bir kaskadidan beriladigan kuchlanish boʻyicha past chastotali elektr tebranishlarni 100-martagacha kuchaytirish mumkin. Lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarda kuchaytirishni oshirish uchun alohida kuchaytirish kaskadlari birin-ketin ulanishi mumkin. Ishlash tarzi boʻyicha Dielektrik kuchaytirgich magnitli kuchaytirgichga oʻxshash; asosan, avtomatika, signalizatsiya qurilmalari va b. da ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEBRANISHLAR
KVANT KUCHAYTIRGICH
VARIKOND
ANTENNA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты