DIQQAT

DIQQAT — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb kilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) D. va ixtiyoriy (aktiv) D. Ixtiyorsiz Diqqat biron tashki sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqatda psixik faoliyat oddindan belgilangan maqsad b-n muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab kiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.

Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. D. ning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (mas, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat D. ning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. Diqqatning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (mas, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.

Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni b-n belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.

Diqqatning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam D. ini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.

Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.


Lotin alifbosida maqola: DIQQAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
XALQ IJODI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты