DNEPR

DNEPR (yun. Borisfen) — Sharqiy Yevropadagi daryo, RF, Belorussiya va Ukraina xududida. Uz. 2201 km. (Yevropada uzunligi boʻyicha Volga va Dunaydan keyin 3-oʻrinda), havzasining mayd. 504 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib Qora dengizning Dnepr limaniga kuyiladi. Dneprning oʻng va chapdan irmogʻi koʻp; yiriklari — Drut, Berezina, Pripyat, Soj, Desna, Suda, Psyol, Vorskla, Samara, Ros. Oʻrta oqimida Dneprning vodiysi keng (6—18 km), qad. terrasalar bor. Quyi oqimida Dnepr Qora dengiz boʻii pastgekisligidan oqib oʻtadi. Qor va funt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1700 m3/sek. Dek. dan mart oxirigacha muzlaydi. Dneprda kuyilish yeridan 1677 km masofada kema qatnaydi. Asosiy pristanlari va portlari: Mogilyov, Kiyev, Ka-nev, Cherkassi, Kremenchug, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikopol, Xerson. D. sunʼiy suv sistemalari orqali Boltiq dengizi havzasining daryolari: Gʻarbiy Dvina bilan Berezina sistemasi, Neman b-n Dnepr-Neman, Gʻarbiy Bug bilan DneprBug kanallari orqali bogʻlangan. GES lar qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: DNEPR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
BELORUSSIYA
ROSSIYA
YEVROPA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты