DNEPRODZERJINSK

DNEPRODZERJINSK (1936-y. gacha Kamenskoye) — Ukrainadagi shahar (1926-y. dan), Dnepropetrovsk viloya-tida, Dnepr daryosidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 278 ming kishi (1997). Metallurgiya k-ti, kimyo, koks kimyosi, mashinasozlik (vagonsozlik va b.) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari (shu jumladan sement) ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr markazi, GES ishlab turibdi. Industriya in-ti, shahar tarixi muzeyi mavjud. Dneprodzerjinsk 1750-y. dan maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: DNEPRODZERJINSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
ROSSIYA
KIMYO
DNEPROPETROVSK VILOYATI


Добавить комментарий