DNEPROPETROVSK

DNEPROPETROVSK (1926-y. gacha Yeka-terinoslav) — Ukrainadagi shahar, Dnepropetrovsk viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 1134 ming kishi (1997). Qora metallurgiya (2 ta metallurgiya z-di, 2 ta quvur prokati zdi va b.), mashinasozlik zdi, ogʻir press i. ch. birlashmalari, kon-shaxta, metallurgiya jihozlari, stanoksozlik, elektrovozeozlik, kombayn z-dlari, radiozavod va b., kimyo (plastmassa, shina i. ch.), koks kimyosi, kurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ukraina FA ning ilmiy markazi, 9 oliy oʻquv yurti (jumladan 2 un-t), 5 teatr (opera va balet teatri va b.), 3 muzey (shu jumladan badiiy va tarixiy muzeylar) mavjud. Dnepropetrovskga 1776-y. asos solingan. Potyomkin saroyi (hoz. Talaba saroyi, 18-a. oxiri), Preobrajenskiy kafedrali sobor (19-a.) saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: DNEPROPETROVSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
ROSSIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты