DNESTR

DNESTR (yun. — Tyras) — Sharqiy Yevropadagi daryo, Ukraina va Moldaviyada. Uz. 1352 km. Havzasining mayd. 72,1 ming km2. Karpat togʻlarining shim. yon bagʻridan boshlanib, Kora dengizning Dnestr limaniga quyiladi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 310 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi, yuqori oqimida yogʻoch oqiziladi. Soroki sh. dan Dubossari GES gacha va GES dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik oqim qariyb 8 km3. D. qish iliq kelganda muzlamaydi. Dnestr boʻyida Benderi, Tiraspol sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: DNESTR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
AMUDARYO
SIRDARYO
YEVROPA
DARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты