DOBILOV

DOBILOV Abbos (1898, Taxtakoʻpir tumani — 1970.11.1, Nukus) — qoraqalpoq shoiri va oqini. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1944), Oʻzbekiston xalq shoiri (1957). Qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi va dostonchiligining taniqli namoyandasi. Ijodi 1915-y. dan boshlangan. Vatan, vatanparvarlik, doʻstlik, oddiy insonning yaratuvchilik mehnati Dobilov ijodining asosiy mavzularidir. 2-jahon urushi yillarida Dobilov ijodi yuksak choʻqqiga koʻtarilgan («Dushmanni yanch», «Nomard yigit nega darkor?», «Jangchilarga zarar yetkazmadingmi?» va b.). «Bahodir» (2 kitob, 1946—56) dostonida qoraqalpoq xalqining koʻp asrlik hayoti keng koʻlamda tasvirlangan. Dobilovning 10 ga yaqin sheʼriy toʻplami va 2 jildli «Tanlangan asarlar»i (1959) chop etilgan. Sheʼrlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Sheʼrlar», 1956). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).

As: Svetlыy den. Stixi, Nukus, 1956; Shgʻarmalari, 1—2-j., Nokis, 1959; Arnaular (Krsыklar), Nokis, 1966.

Ad.: Niyetullayev S, Abbos Dabыlovtin tvorchestvolik jolы, Nokis, 1966.


Lotin alifbosida maqola: DOBILOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты