DOBROVOLSKIY Ivan Vikentyevich

DOBROVOLSKIY Ivan Vikentyevich (1780—90 y. lar orasida, Mogilyov gubernyasi — 1851, Grodno) — rus musiqa folklorshunosi, sozanda, kapelmeyster, musiqa-jamoat arbobi. Taxm. 1810-y. dan Astraxonda yashagan. 1816-y. dan «Osiyo musiqa jurnali» («Aziatskiy muzыkalnыy jurnal»)ni nashr ettirgan. Jur. ning 8 soni (yaʼni 1816-y. da № 1 va № 2, 1817-y. da № 3 va №4, 1818-y. da № 5—8) chop etilib, unda Dobrovolskiy Oʻrta Osiyo (xususan oʻzbek, turkman, qirgʻiz va b.), Kavkaz (arman, lezgin, kabardin, cherkas, chechen va b.) xalqlari, shuningdek, Astraxon tatarlari, qalmoklar musiqa folklori na-munalarini toʻplagan va yevropacha us-lubda (fortepiano ijrosi uchun, garmoniyalashtirib) ilk bor nashr etgan.

Ad.: Karomatov F., Iz istorii zapisi muzыkalnogo folklora v Uzbekistane. — Voprosы muzыkalnoy kulturы Uzbekistana, vыp. 2, T., 1969.


Lotin alifbosida maqola: DOBROVOLSKIY Ivan Vikentyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JURNAL
ROSSIYA
QIRGʻIZISTON
TOSHKENT
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты