DOVGOSTOV OLTIN KONI

DOVGOSTOV OLTIN KONI — Navoiy viloyatida joylashgan kon, Zarafshon sh. dan 40 km jan. da. 1967-y. da Ovminzatov — Beltovning markaziy qismidagi tepalikda topilgan, razvedka va baholash ishlari 1970—73 y. larda bajarilgan. 1977—82 y. larda konda mukammal razvedka ishlarining 2-nav-bati olib borilgan. Konning geologik tuzilishida yuqori rifey terrigen (alevrolit, qumtosh, slaneslar) yotqiziqlardan iborat besopan svitasi ishtirok etgan. Dovgostov oltin koni uzunligi 2,5 km, kalinligi 100—450 m minerallashgan zonadan iborat. Ruda jismlari tomirsimon, uzunligi bir necha oʻn m boʻlib, 150—500 m chuqurlikkacha davom etgan. 16 ta ruda jismi aniklangan. Dovgostov oltin koni asosiy rudali minerallari pirit, oltin bilan arsenopirit, antimonit; noruda minerallar — kvars, kalsit, seritsit; ikkinchi darajalilari — markazit, sfalerit, argentit. D. o. k. — zaxiradagi kon.


Lotin alifbosida maqola: DOVGOSTOV OLTIN KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MURUNTOV OLTIN KONI
ALISHER NAVOIY
YER
TOSHKENT
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты