DOVJENKO Aleksandr Petrovich

DOVJENKO Aleksandr Petrovich (1894.11.9, Chernigov viloyati, Sosni-si qishlogʻi — 1956.25.11, Moskva) — kinorejissyor, yozuvchi, ssenariychi. Kinematografiya asoschilaridan. Xalq artisti (1950), Ukrainada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Dastlabki filmlari — «Dipkuryer sumkasi», «Zvenigora» katta muvaffaqiyat qozondi. «Arsenal», «Yer» filmlari jahon ekranlarida ham shuhrat qozondi. Dovjenkoning ilk ovozli filmi «Ivan», shuningdek, «Aerograd», «Shchors» badiiy filmlari, «Xaloskorlik» kabi xujjatli — publitsistik va «Michurin» badiiy filmlari kino sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. «Guldagi hayot» pyesasi va «Dengiz haqida doston», «Sehrlangan Desna» kabi ssenariylar, anchagina hikoya, ocherklar, kino tarixi va nazariyasiga oid maqolalar ham yozgan. 1957-y. Kiyev kinostudiyasiga Dovjenko nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOVJENKO Aleksandr Petrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
ROSSIYA
KINO SANʼATI
YER
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты