DOVIDOV Mixail Dovidovich

DOVIDOV Mixail Dovidovich [1913.12(25).5, Andijon – 1981.16.6, Toshkent] — opera xonandasi (lirik tenor), aktyor va pedagog. Oʻzbekistan xalq artisti (1978). Moskvadagi Oʻzbek opera studiyasini tugatgan (1939). 1933-y. dan Oʻzbek davlat musiqali teatrida artist, 1939-y. dan Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. Mayin va shirali ovoz sohibi D. ning ijro uslubi yevropa va milliy xonandalik anʼanalarining mutanosibligi bilan ajralib turadi. Oʻzbek operalaridan Naziriy (S. Boboyev, «Hamza»), Olimjon (T. Sodiqov, Dovidov Zokirov va b., «Zaynab va Omon») va ayniqsa Hidoyat (S. Yudakov, «Maysaraning ishi»), shuningdek, Lenskiy (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin»), Shuyskiy (M. Musorgskiy, «Boris Godunov»), Almaviva (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi») kabi partiyalarni mahorat b-n ijro etgan. Konsert repertuaridan oʻzbek, tojik, tatar va ozarbayjon xalq koʻshiqlari oʻrin olgan. 1966-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida dars bergan.


Lotin alifbosida maqola: DOVIDOV Mixail Dovidovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ZOKIROVLAR
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
FRANSIYA
OZARBAYJON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты