DOVIDOVA

DOVIDOVA Berta (1922.20.12, Margʻilon) — xonanda, maqom yoʻllari mohir ijrochisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent tibbiyot bilim yurtini tugatgach (1938), hamshira boʻlib ishlagan (1938 — 43). Avval havaskor xonanda sifatida tanilgan, keyinchalik Yu. Rajabiy, Sh. Sohibov, M. Yusupov, I. Ikromov, Yo. Dovidovlar yordamida xonandalik mahoratini oshirgan. Oʻzbekiston radiosi qoshidagi xor jamoasida (1943), oʻzbek va tojik ansambllarida (1944—60), «Maqom ansambli»da (1960—87) yetakchi xonanda. Maftunkor, mayin va shirador ovoz sohibasi Dovidovaning ijro uslubida chuqur falsafiy mazmun nafis oxangdorlik bilan uygʻunlashgan. Dovidova repertuaridan oʻrin olgan «Munojot» (I. Ikromov), «Bayot I, II, V», «Navo» maqomidagi «Talqini Bayot», «Nasri Bayot», Rost maqomidagi «Nasri Ushshoq», «Ufari Ushshoq», Dugoh maqomidagi «Saraxbori Oromijon», «Ufari Oromijon», shuningdek, «Samarqand Ushshogʻi», «Figʻon», «Dugoh» va b. mumtoz ashulalar uning ijrosida nozik, ichki hissiyotlarga boy, yuksak badiiy ifodasini topgan. Dovidovaning ijro dasturidan oʻzbek va tojik xalq qoʻshiqlari, bastakorlar ashulalari («Dilnavozim», S. Kalonov; «Koʻnglima», O. Qosimov; «Qiz sevgisi», N. Hasanov va b.) ham oʻrin olgan. Moskvada oʻtkazilgan Oʻzbek adabiyoti va sanʼati dekadasi (1959) ning qatnashchisi. Dovidova ijro etgan koʻpgina maqom yullari gramplastinka («Berta Dovidova», 1969 va b.) va Oʻzbekiston radiosida magnitofon tasmalariga yozib olingan. Xonanda haqida telefilm («Munojot», 1975) yaratilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: DOVIDOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RAJABIYLAR
TOSHKENT
SHASHMAQOM
MAQOM ANSAMBLI
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты