DOVIY

DOVIY (taxallusi; asl ismi Abdulhodi Abdulahad oʻgʻli) (1893 — Kobul — 1982.19.8) — afgon maʼrifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk sheʼriy kitobi («Toshqin», 1945) pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt «Moziy va hol» («Oʻtmish va bugun») nomli sheʼriga tatabbu sifatida «Jaridalar taʼrifi va foydalari haqida» («Dar taʼrif va favoyide jaroyid», 1914) sarlavhali muxammas yozib, uning birinchi misrasida Mahmudxoʻja Behbudiy (1875—1919) tomonidan Samarqandda nashr etilgan «Oyina» jurnali (1913— 15) haqida ijobiy fikr bildiradi. Maʼrifatparvarlik mavzuidagi «Bad nabud» («Yomon boʻlmasdi», 1917), «To ba kay?» («Qachongacha», 1918) hamda erkparvarlik ruxida yozilgan «Bulbule gereftor» («Tutqun bulbul», 1917) nomli sheʼriy asarlari shuhrat qozongan. Doviy 1920 — 21 y. lar Afgʻonistonning Buxoro Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan, 1923-y. da esa u Afgʻoniston hukumatining favqulodda hayʼati rahbari sifatida ikkinchi bor Buxoroga kelib, rasmiy kishilar bilan muzokaralar olib borgan. Bu safarlari chogʻida D. Buxoro jadidlari b-n muloqotda boʻlgan. Abdurauf Fitrat (1886—1938) u hakda yaxshi fikrda boʻlgan. Doviy siyosiy, ijtimoiy, adabiy mavzularda yozilgan 20 dan ortiq kitob, risola va tarjimalar muallifi.

Ad.: Inomxoʻjayev R., Afgʻoniston maʼrifatparvarlik adabiyoti ocherklari, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: DOVIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFGʻONISTON
Michael Jackson - Bad
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
BEHBUDIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты