DOVKAMPIR KOʻLI

DOVKAMPIR KOʻLI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tumanidagi koʻl. Amudaryo tarmogʻi Okdaryoning oʻng sohilida, Dovulboyoʻzak tarmogidan va sizot suvlaridan toʻyinadi. Suv yuzasining maydoni (suvga toʻlganda 300 gektar) va chuqurligi (eng chuqur joyi 1 m) oʻzgarib turadi. Tubi tekis, maydonining katta qismi qamishzor va turli utlar bilan qoplangan. Suvi tiniq va chuchuk. Dovkampir koʻlida churtan, chavoq, qizilqanot, taran, tangabaliq, olabugʻa baliqlari bor. Amudaryoda suv kam boʻlgan yillari suv sathi pasayib, baʼzan deyarli qurib qoladi.


Lotin alifbosida maqola: DOVKAMPIR KOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
YER
AMUDARYO
OKEAN
OROL DENGIZI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты