DOVUD

DOVUD — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida David nomi bilan maʼlum boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Dovud mil. av. 11-a. da Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan podsho. Qurʼonda yozilishicha, D. Jolut (falastinliklar lashkarboshisi) ustidan gʻalaba qozongan. «Alloh unga (D. ga) podshohlik, paygʻambarlik va Oʻzi xohlagan narsalaridan taʼlim berdi» (Qurʼon, 2:251), D. alayhissalomga Muso (as)dan soʻng samoviy kitob — Zabur tushirilgan. Dovud temirchilikning asoschisi hisoblanadi, oʻz qoʻl mehnati bilan tirikchilik oʻtkazgan: temirdan har xil asboblar yasab, uni sotib kun koʻrgan. Ayni chogʻda Dovudning nihoyatda xushovoz boʻlganligi, togʻlaru qushlar unga qoʻshilib «tasbeh aytishi», daʼvolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish, odilona hukm qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida koʻp rivoyatlar bor. D. alayhissalom vafotidan soʻng, barcha mulk va paygʻambarlik oʻgʻli Sulaymon (as)ga meros boʻlib qolgan.


Lotin alifbosida maqola: DOVUD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
XITOY
TOSHKENT
QURʼON
ISROIL


Добавить комментарий