DOVUD QURUVCHI

DOVUD «QURUVCHI», Dovud «Binokor», David IV Georgiyevich (1073—1125) — Gruziyaning bagrationlar sulolasi davridagi podsholaridan (1089—1125). Gruziya knyazliklarini markazlashgan yaxlit davlatga birlashtirishga asos solgan yirik davlat arbobi. Dovud quruvchi «Q.» 1097-y. saljuqiylarga soliq toʻlashni toʻxtatib, Gruziyaning mustaqilligini tiklagan. 1104-y. Kaxeti, Ereti va b. shaharlarni oʻz hududiga qoʻshib olgan. 1122-y. Tbilisini ishgʻol qilgan va poytaxtni Kutaisidan Tbilisiga koʻchirgan. D «Q.» cherkovdagi yuqori lavozimni nasldan-naslga oʻtkazishga barham berib, unga hukumat mansabdorlaridan saylash tartibini joriy qilgan. U zodagonlarning koʻngilli lashkarlaridan tashqari, bevosita podshoga qaram boʻlgan doimiy qoʻshin tuzgan (1118—20). D «Q.». qipchoqlar ulugʻ xonining qizi — Guranduxtga uylanib, 45 mingdan ortiq qipchoqni askariy xizmatga jalb etgan. Bundan tashqari u shahar, katta (shoh) koʻchalar, koʻpriklar, qasr (saroy)lar, karvon saroylar qurishga, maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Gelati sh. dagi akademiyaga asos solgan. Uning taraqqiyparvarligini nazarda tutib «Quruvchi» deb nom berilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOVUD QURUVCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
TOSHKENT
XITOY
TEMURIYLAR
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты