DOVUDBEK

DOVUDBEK, Chagʻribek (? – 1061) – Marv va Xuroson hokimi (1037—61). Saljuqiylardan. Jand hokimi Mekoyilning oʻgʻli, Saljuqning nabirasi. Dovudbek otasi vafotidan soʻng amakisi Yobgʻu (Paygʻu) va akasi Toʻgʻrulbek bilan 985-y. somonishshr huzuriga kelib, Hyp qishlogʻi atrofida istiqomat qilgan. 1029-y. qoraxonishshrayan boʻlgan Buxoro hokimi Alitegin bilan saljuqiylar oʻrtasida nizo kelib chiqqan; Aliteginning farmoniga koʻra uning lashkarboshisi Alp qora (Saljuqning nabirasi) Yusufni oʻldirgan. Ilgari Aliteginning oʻzi Yusufni Inonch-Paygʻu unvoni b-n oʻzining xizmatidagi turklar ustidan rahbar qilib tayinlagandi, 1030-y. marhumning amakivachchalari Toʻgʻrul va Dovudbek qoʻzgʻolon qilib, Alp qora va uning 1000 jangchisini qatl etadilar. Alitegin farzandlari bilan ularga qarshi chiqqan, aholi ham ularni qoʻllab-quvvatlagan. Turkmanlar toʻla magʻlubiyatga uchrashgan, ularning mol-mulklari musodara qilingan, ayollari va bolalarining bir qismi asir olingan; noilojlikdan Dovudbek akasi bilan Xorazm hokimi Horun ibn Oltuntosh panohiga oʻtgan. Horun Masʼud Gʻaznaviy uyushtirgan fitna oqibatida oʻldirilgach (1035), D. akasi bilan Xuroson tomonga oʻtib ketgan. Dovudbek va Toʻgʻrulbek boshchiligidagi turkmanlar Masʼud Gʻaznaviy ustidan jangda gʻolib chiqqach, Nishopurda imzolangan shartnoma (1035) ga koʻra Toʻgʻrulbek Nisoga, Yobgʻu Faravaga va D. Dahistonga hukmdor (voliy) qilib tayinlandilar. Ularga dehkon unvoni va voliylik mansabiga munosib sovgʻalar berildi. 1037-y. da Marvda Dovudbek nomi bilan tanga zarb qilinadi. 1040-y. Dandanakon jangidan soʻng saljuqiylar Xurosonni, 1043-y. Xorazmni zabt etdilar. 1059-y. gʻaznaviylardan Ibrohimbek bilan Dovudbek oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Balx D. qara-mogʻiga oʻtgan. Dovudbek vafotidan soʻng saljuqiylar davlatining Sharqiy qismiga uning oʻgʻli Alp Arslon hukmdor boʻlib qoldi.


Lotin alifbosida maqola: DOVUDBEK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SALJUQIYLAR DAVLATI
CHAGʻRIBEK
AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
TOʻGʻRULBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты