DOVUDBEK DUGʻLAT

DOVUDBEK DUGʻLAT, amir Dovud (14-a.) — Amir Temurning xos mulozimi, safdoshi va lashkarboshisi va singlisi Qutlugʻ Turkon otoning eri. Sohibqironning ilk faoliyati davrida u bilan yelkama-yelka turgan, koʻp janglarida katta jasorat koʻrsatgan. 1370-y. Amir Temur amir Husayn ustidan uzilkesil gʻalaba qozonganidan keyin Dovudbek dugʻlatga Samarqand voliyligini va devonbegi lavozimini bergan. 1374-y. martida Xorazmga, Jahongir mirzoga qayliqlikka Sevinbeka (Xonzoda)ni keltirishga yuborilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOVUDBEK DUGʻLAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TEMURIYLAR
SAMARQAND
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий