DOVQORAYEV

DOVQORAYEV Najim (1905.5.10, Qoʻngʻirot tumani — 1953.20.7, Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi, dramaturg va adib. Filol. fanlari d-ri (1951). Olmaota pedagogika in-tini tamomlagan (1926—30). Ural pedagogika in-tida oʻqituvchi (1932), Toʻrtkoʻl oʻqituvchilar tayyorlash in-tida kafedra mudiri (1934), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939—42), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining badiiy havaskorlik ishlari boʻyicha boʻlim mudiri (1942 — 44), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1946—48), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi tasarrufidagi madaniyat va iqtisodiyot in-ti direktori (1948—53). Dovqorayev «Adabiyot xrestomatiyasi» (I. Sagitov bilan hamkorlikda, 1937), «Qoraqalpoq xalq ertaklari» (1949), «Berdaq shoir» (1950) kabi risolalar muallifi. «Qoraqalpoq adabiyoti tarixi ocherki» qoʻllanmasi Dovqorayev vafotidan soʻng nashr qilingan (1959 — 61). «Ravshan», «Xizmatchi yuragi» kabi sahna asarlari, ayniqsa, «Alpomish» (1940) musiqali dramasi qoraqalpoq dramaturgiyasining yetuk namunalaridan biri hisoblanadi. «Koʻp kunlardan biri» (1929), «Bibixon» (1936), «Baxtli mehnat» (1949) va b. qissa qamda hikoyalari bor. Badiiy tarjima b-n ham shugʻullangan. Oʻzbekiston Respublikasi FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi Til va adabiyot in-tiga Dovqorayev nomi berilgan. 3 jildli «Tanlangan asarlar»i chop etilgan (1970—81).


Lotin alifbosida maqola: DOVQORAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты