DOGA

DOGA (Doga) Yeujeniu (Yevgeniy Dmitriyevich) (1937.1.3, Moldaviya, Mokra qishlogʻi) — moldavan kompozitori. Moldaviyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974), Moldaviya xalq artisti (1982), Moldaviya FA akad. (1991). «Luchaferul» baleti, kantatalar, simfonik va kamer asarlar, teatr spektakllari va 200 ga yaqin kino va videofilmlar uchun musiqalar yozgan. Musiqa uslubiga yorqin ifodaviylik, ohangdorlik, joʻshqinlik va milliylik xosdir. Moldavan xalq ohanglari zaminida yaratgan qoʻshiqlari («Gullar ummoni», «Shahrim haqida qoʻshiq», «Dnestr — mening faxrim» va b.) va ayniqsa, kinofilmlar [«Lautarlar», «Tabor koʻkka intiladi», «MariyaMirabella», «Mening nozik va yoqimtoy qoplonim», «Yov-voyi» («Oʻzbekfilm»), «Jamila» va b. ] uchun yozgan musiqalari mashhur. Moldaviya Davlat mukofoti laureati (1980). Xalqaro musiqali filmlar festivali (Brno, 1991) da kino musiqasi sohasida erishgan buyuk xizmatlari uchun Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: DOGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MOLDAVIYA
KINO SANʼATI
FRANSIYA
XITOY
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты