DODEKAFONIYA

DODEKAFONIYA (yun. dodeka – oʻn ikki va phone — tovush) — atonal musiqann muayyan qoidalarga boʻysundirish maqsadida yaratilgan kompozi-torlik texnikasi. 1910-y. larda Avstriyada Y. M. Xauer, F. G. Klayn, shuningdek, rus kompozitori N. Roslaveslar Dodekafoniyaga yaqin tarzda asarlar yaratishga uringan. Mukammal Dodekafoniyaning qonunqoidalarini avstriya kompozitori A. Shyonberg (10 yildan ziyodroq davr mobaynida) ishlab chiqib, muhimi, ijodiy amaliyotda qoʻllagan (1923-y., fortepiano uchun 3 ta pyesa). D. da asarni tashkil etuvchi kuy va hamohangliklar majmui seriya deb atalib, turli balandlikdagi 12 xromatik, teng huquqli tovushning muayyan izchilli-gidan tuziladi, bunda registr, gori-zontal va vertikal yoʻnalishlar erkin ravishda almashadi. Dodekafoniya ustalari orasida A. Shyonbergning shogirdlari A. Berg, A. Vebern, rus kompozitori I. Stravinskiy, polyak V. Lyutoslavskiy, italyan mualliflari L. Dallapikkola, L. Nono, yapon kompozitorlari Yo. Matsudayra, T. Mayudzumi, K. Fukusima va b. tanilgan. Oʻzbekistonda ilk bor F. Yanov-Yanovskiy, M. Tojiyev, N. Zoki-rov, keyinchalik M. Maxmudov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b. kompozitorlar Dodekafoniyaning ayrim xususiyatlaridan foydalanishgan.

Ad.: Kogoutek S., Texnika kompozitsii v muzыke XX veka, M., 1976.


Lotin alifbosida maqola: DODEKAFONIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
AVSTRIYA
POLSHA
XITOY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты