EBONIT

EBONIT (yun. yeepoa — qora daraxt) , qattiq rezina — tabiiy yoki sunʼiy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga nisbatan 30—50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil boʻlgan mahsulot. E. da bogʻlangan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi (S6N95)2. E. qoʻngʻir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori trada eriydi. 70 — 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori trada erimay koʻmirga aylanadi.

Ebonit tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. Toʻldirgich sifatida Ebonit kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli Ebonitga oz miqdorda (3—5%) qurum qoʻshiladi. Ebonit, asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: EBONIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KAUCHUK
REZINA
UGLEROD
YER
NEFT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты