EVGLENASIMON SUVOʻTLAR

EVGLENASIMON SUVOʻTLAR — suvoʻtlar boʻlimi. Bir hujayrali, mikroskopik (uz. 4 mkm dan 800 mkm gacha), harakatchan. Baʼzan yopishib va koloniya boʻlib yashaydi. Haqiqiy qobigʻi boʻlmaydi, ektoplazmaning tashqi qavati — periplast himoya vazifasini bajaradi. Hujayrasining botib kirgan uchki qismi (halqum)dan 1—2 ta xivchin chiqadi. Koʻzchasi va qisqaruvchi vakuoli bor. Xloroplastlarida a va r xlorofill boʻladi. Osmotrof va fagotrof oziqlanadigan turlari bor. Shuning uchun zoologlar Evglenasimon suvoʻtlarni hayvonlarga kiritishadi. Zaxira ozigʻi — paramilon. Boʻlinib koʻpayadi. Ayrim turlari noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 1—4 qabilaga mansub 40 turkumi va 900 turi maʼlum; shundan 250 turi rangsiz. Chuchuk suvlar, uncha katta boʻlmagan evtrof suv havzalarida yashaydi. Ayrimlari suv tozaligi indikatorlari. Koʻpchilik Evglenasimon suvoʻtlar suv havzalarining oʻz-oʻzidan tozalanishida ishtirok etadi. Evglenalar turkumi lab. tadqiqotlari obyekti. Evglenasimon suvoʻtlar suvoʻtlar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligi taxmin qilanadi.


Lotin alifbosida maqola: EVGLENASIMON SUVOʻTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BAKTERIYALAR
BERUNIY
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты