EVGLENASIMON SUVOʻTLAR

EVGLENASIMON SUVOʻTLAR — suvoʻtlar boʻlimi. Bir hujayrali, mikroskopik (uz. 4 mkm dan 800 mkm gacha), harakatchan. Baʼzan yopishib va koloniya boʻlib yashaydi. Haqiqiy qobigʻi boʻlmaydi, ektoplazmaning tashqi qavati — periplast himoya vazifasini bajaradi. Hujayrasining botib kirgan uchki qismi (halqum)dan 1—2 ta xivchin chiqadi. Koʻzchasi va qisqaruvchi vakuoli bor. Xloroplastlarida a va r xlorofill boʻladi. Osmotrof va fagotrof oziqlanadigan turlari bor. Shuning uchun zoologlar Evglenasimon suvoʻtlarni hayvonlarga kiritishadi. Zaxira ozigʻi — paramilon. Boʻlinib koʻpayadi. Ayrim turlari noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 1—4 qabilaga mansub 40 turkumi va 900 turi maʼlum; shundan 250 turi rangsiz. Chuchuk suvlar, uncha katta boʻlmagan evtrof suv havzalarida yashaydi. Ayrimlari suv tozaligi indikatorlari. Koʻpchilik Evglenasimon suvoʻtlar suv havzalarining oʻz-oʻzidan tozalanishida ishtirok etadi. Evglenalar turkumi lab. tadqiqotlari obyekti. Evglenasimon suvoʻtlar suvoʻtlar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligi taxmin qilanadi.



BUYUK BRITANIYA
BAKTERIYALAR
ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY


Добавить комментарий