DOZIMETRIK ASBOBLAR

DOZIMETRIK ASBOBLAR (dozimetrlar) — ionlovchi nurlanish dozalarini yoki doza bilan bogʻliq kattaliklarni oʻlchashda ishlatiladigan asboblar. Bir turdagi nurlanishlar yoki aralash nurlanishlar miqdorini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi. Radiatsiya xavfi darajasini belgilaydigan ekvivalent dozasini oʻlchash uchun berlarda darajalarga boʻlingan asbob bermetr deb ataladi. Gazda hosil boʻlgan ionlar tokini oʻlchashga moʻljallangan as-boblar ionizatsiya dozimetrlari deyiladi. Nurlanish tufayli ionlash kamerasida hosil boʻlgan tok kuchi rentgen birligida darajalangan asboblarda oʻlchanadi va ular rentgenometrlar deyiladi. Organizmga taʼsir etuvchi nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob devori pleksiglas, polistiroldan yasaladi. Radiometrlarda u, R-nurlanish oqimini oʻlchash uchun zaryadli zarralar hisoblagichlari va ssintillyatsiya qisoblagichlari ishlatiladi. Dozimetrik asboblar lyuminessensiya, foto, ssintillyatsiya, yarimoʻtkazgich va b. xillarga ham boʻlinadi. Qoʻzgʻalmas, koʻchma, qoʻl va choʻntak dozimetrlari ham bor. Katta dozalarni oʻlchash uchun fotografik, kimyoviy va ekzoelektron emissiyaga asoslangan dozimetrlar ishlatiladi. Dozani aniqlashda esa strelkali apparatlar, sezgir fotoplyonkalar qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DOZIMETRIK ASBOBLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ZARYADLI ZARRALAR HISOBLAGICHLARI
RENTGEN NURLARI
YER
RADIATSIYA
DOZIMETRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты