EVDEMONIZM

EVDEMONIZM (yun. yeis!a1top1a — baxtsaodat, rohatfarogʻat) — baxtsaodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy taʼlimot. E. gedonizm bilan uzviy bogʻliq boʻlsada, undan maʼlum darajada farq qiladi. U yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri hisoblangan. E. Sokratning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi toʻgʻrisidagi gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq. Evdemonizm baxtsaodatni jismoniy va bir lahzali huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng maʼnoda, yaʼni jismoniy va maʼnaviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Evdemonizm taʼlimotiga koʻra, oʻz shaxsida mazkur qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxtsaodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farogʻat baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino, L. Feyerbax E. ning namoyandalaridir.


Lotin alifbosida maqola: EVDEMONIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
YUNONISTON
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты