EVE TILI

EVE TILI — niger-kongo tillari oilasiga mansub kva tillaridan biri; Gana Respublikasining jan. gʻarbida, Togo va Benin respublikalarining jan. da, shuningdek, Nigeriyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3,7 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Bir qancha lahjalari boʻlib, ular 3 guruhga ajraladi: gʻarbiy guruh — anlo (avuna) va boshqalar «ichki» lahjalar; markaziy guruh — uati, adya, gen; sharkiy guruh — gun (alada) fon, maxi. Fon va uati lahjalarida soʻzlashuvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvi 19-asr oxiridan mavjud. Eve tilida, xususan, anlo, gen va gun lahjalarida asosan diniy, maʼrifiy va oʻquv adabiyotlari nashr etiladi.


Lotin alifbosida maqola: EVE TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOGO
YAPONIYA
XITOY
JAHON TILLARI
NIGERIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты