EVEN TILI

EVEN TILI, lamut tili — tungusmanjur tillaridan biri; RFning Saxa Respublikasi, Magadan viloyati, Chukot va Koryak muxtor okruglari, Kamchatka viloyati va Xabarov oʻlkasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 17 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Even tili sharqiy, gʻarbiy va oʻrta lahja guruhlariga boʻlinadi. Ular orasida qadimiy belgilarni saqlab qolgan arman lahjasi alohida oʻrin egallaydi. Bu belgilar ushbu lahjani evenk tili bilan yaqinlashtiradi va u baʼzi adabiyotlarda alohida tungusmanjur tili sifatida qayd etiladi.

Sharqiy lahjaga mansub ol shevasi adabiy tilning asosi hisoblanadi. Yozuvi 1931-yildan lotin grafikasi asosida, 1936-yildan esa rus grafikasi asosida shakllangan.


Lotin alifbosida maqola: EVEN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты