DOZIMETRIYA NAZORATI

DOZIMETRIYA NAZORATI — shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ, jangovar texnika, transport vositalari, harbiy anjomlar, oziq-ovqat, suv va muayyan hududning radioaktiv moddalar bilan zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tadbirlar majmui. Dozimetriya nazorati nurlanish va radioaktiv zaharlanishni nazorat qilishga boʻlinadi. Nurlanish Dozimetriya nazorati shaxsiy tarkib radioaktiv moddalardan zaharlangan joylarda xarakat qilganida yoki boshqa sharoitlarda yuqqan radiatsiya dozasini oʻlchashdan iborat. Uning maʼlumotlariga qarab shaxsiy tarkibning radioaktiv nurlanishdan zaharlanishini oldini olish choralari koʻriladi. Radioaktiv zaharlanish D. n. da shaxsiy tarkib, qurol-yarogʻ., jangovar texnika, transport vositalari, har-biy anjomlar, oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar bilan zaharlanish darajasi oʻlchanadi. Uning maʼlumotlariga koʻra shaxsiy tarkibni sanitariya tekshiruvidan oʻtkazish, qurol-yarogʻ, texnika anjomlarini zararsizlantirish choralari belgilanadi. Bunday Dozimetriya nazorati qoʻshinlar zaharlangan zonadan chiqarilganidan keyin oʻtkaziladi.


Lotin alifbosida maqola: DOZIMETRIYA NAZORATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANGOVAR TARTIB
OKEAN
HARBIY SANʼAT
YER
RADIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты