DOIRA

DOIRA, childirma, chirmanda — yumaloq shakldagi oʻzbek va tojik urma musiqa cholgʻusi. Uning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda klyon (zarang), akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi krplanadi. Ichki tomoniga esa maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi (halqasizlari ham boʻladi). Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoklari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda (maye. «Katta oʻyin», «Shodiyona» kabi yirik turkum asarlarda) hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi. Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso sh., mil. av. 2-a.)da topilgan terrakota yodgorliklarida doi-rachi ayollar tasvirlangan. 20-a. da oʻzbek doyra ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, R. Isoxoʻjayev, F. Azimov, Q. Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va b. taniggan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda — dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DOIRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
HINDISTON
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты