DOYZI

DOYZI (Doisy) Eduard Adelbert (1893—1986) — amerikalik fiziolog va biokimyogar. AQSH Milliy fanlar akademiyasi akad. (1938), Garvard un-ti prof. (1954). Vitaminlar, jinsiy gormonlar va oʻt kislotalari kimyosi ustida tadqiqot olib borgan. Estron (1930), shuningdek, estrol va estradiol 17 V ni (1936) kristall holda olgan. K, vitamin (follixinon)ni sof holda ajratib olib, uning kimyoviy tuzilishini aniqlagan (1939). Gormonlar va oʻt kislotalarining almashinu-vini oʻrganib, oʻzigacha nomaʼlum boʻlgan oʻt kislotalarini kashf etgan, ularning kimyoviy tuzilishini urgangan va sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1943).


Lotin alifbosida maqola: DOYZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
VITAMINLAR
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты