EVENKLAR MUXTOR OKRUGI

EVENKLAR MUXTOR OKRUGI, Evenkiya — RF Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dek. da tashkil etilgan. Sharqiy Sibirda joylashgan. Mayd. 767,6 ming km2.

Aholisi 17,7 ming kishi (2002), asosan, evenk, ket va ruslar, shuningdek, saxa, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 29,2%. 3 maʼmuriy tumanga boʻlingan. Markazi — Tura shaharchasi.

Tabiati. Evenklar muxtor okrugi Oʻrta Sibir yassitogʻligining markaziy qismini egallaydi. Okrugning baland joyi — Putorana platosi (eng baland joyi — Kamen togʻi, 1701 m). Okrugda Tunguska toshkoʻmir havzasining koʻp qismi; Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska atroflarida temir rudasi, rangli metallar, grafit, islandiya shpati, neft, gaz konlari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi davomli, sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi Vanavarada — 26,9°, Turada — 36,8°. Iyulniki Turada 15,5°, Vanavarada 16,6°. Yillik yogʻin 300—500 mm. Vegetatsiya davri shim. da 60 kun, jan. da 115 kun. Toʻngib yotgan yer koʻp. Asosiy daryolari — Yeniseyning oʻng irmoqlari: Quyi va Toshloq Tunguska. Koʻl (shu jumladan, Yessey, Vivi, Agata) koʻp. Togʻoʻrmon podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Hududining katta qismi tayga zonasida boʻlib, tilogʻoch, qoraqaragʻay, chekka shim. da siyrak oʻrmonlar va yoʻsinlishaynik kabi tundra oʻsimliklari oʻsadi. Sobol, tiyin, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, burunduq, ondatra, latcha, tulki, boʻri, oq tovushqon, shim. bugʻusi, los, karqur, qur, chil yashaydi. Mil. av. 2-ming yillikda evenklar hoz. hududda oʻrnashganlar. Ularning asosiy mashgʻulotlari ovchilik, bugʻuchilik, baliq ovlash boʻlgan. 17-asrning 1-yarmida Evenklar muxtor okrugi hududini Rossiya egalladi. Shundan keyin yasoq soligʻi joriy etildi, talonchilik siyosati oqibatida tub aholining asosiy qismi qirilib ketdi. 1930—32 yillarda geologlar topgan toshkoʻmir, islandiya shpati, qurilish materiallari va tuz kabi foydali qazilma konlari asosida sanoat ishlab chiqarish vujudga keddi. Evenklar muxtor okrugi hududida Putorana, Tungus, markaziy Sibir qoʻriqxonalari bor.

Evenklar muxtor okrugida oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, elektroenergetika, yoqilgʻi, poligrafiya, mashinasozlik va metallsozlik, konchilik sanoatlari rivojlangan. Okrugning asosiy xoʻjalik tarmoklari — moʻynachilik va bugʻuchilik. E. m. o. Krasnoyarsk oʻlkasida tayyorlanadigan moʻynaning 13% ni (sobol, kumushrangqora tulki, oq suvsar, tiyin, ondatra) beradi. Moʻyna tayyorlashning 55% ni ov mahsulotlari, 45% ni darrandachilik tashkil qiladi. Darrandachilik fermalarida qora toʻlki va koʻk tulki boqiladi. Krasnoyarsk oʻlkasidagi bugʻuyushg U3 qismiga yaqini Evenklar muxtor okrugi hissasiga toʻgʻri keladi. Konchilik r-nlarida bugʻu yaylovlari degradatsiyaga uchragan. Tabiiy sharoiti aholi yashashi uchun ancha noqulay. Sut chorvachiligi va dehqonchilik (kartoshka, sabzavot), baliq ovlash rivojlangan.

Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska daryolarida kema qatnaydi. Aviatransport rivojlangan. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 117 km. Bugʻu transporti katta ahamiyatga ega. Okrug oʻlkashunoslik muzeyi, teatr faoliyat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: EVENKLAR MUXTOR OKRUGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты