DOYL (Doyle) Artur Konan (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yezuvchisi. Edinburg un-tini tamomlagan. Shifokor. Ijodini «Sesassa vodiysining siri» (1879) hikoyasi bilan boshlagan. «Badargʻa qilinganlar» (1893), «Sardor Jerar jasorati» (1894 — 95), «Rodney Ston» (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, «Yoʻqolgan dunyo» (1912), «Zaharlangan mintaqa» (1913), «Marakot jarligi» (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi. Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms boʻlgan detektiv janrdagi «Toʻrtlar belgisi» (1890), «Baskervillar iti» (1901—02), «Dahshatlar vodiysi» (1914—15) sarguzasht qissalari va «Sherlok Xolms sarguzashtlari» (1891— 92), «Sherlok Xolms haqida xotiralar» (1892—93) hikoyalar toʻplamlari va b. katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylning «Baskervillar iti» (1971), «Yoʻqolgan dunyo» (1983) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.