DOYL

DOYL (Doyle) Artur Konan (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yezuvchisi. Edinburg un-tini tamomlagan. Shifokor. Ijodini «Sesassa vodiysining siri» (1879) hikoyasi bilan boshlagan. «Badargʻa qilinganlar» (1893), «Sardor Jerar jasorati» (1894 — 95), «Rodney Ston» (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, «Yoʻqolgan dunyo» (1912), «Zaharlangan mintaqa» (1913), «Marakot jarligi» (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi. Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms boʻlgan detektiv janrdagi «Toʻrtlar belgisi» (1890), «Baskervillar iti» (1901—02), «Dahshatlar vodiysi» (1914—15) sarguzasht qissalari va «Sherlok Xolms sarguzashtlari» (1891— 92), «Sherlok Xolms haqida xotiralar» (1892—93) hikoyalar toʻplamlari va b. katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylning «Baskervillar iti» (1971), «Yoʻqolgan dunyo» (1983) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.


Lotin alifbosida maqola: DOYL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий