EVOLYUTSION TAʼLIMOT

EVOLYUTSION TAʼLIMOT, evolyutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolyutsiyasi sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. E. t. biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning, jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17 — 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R. Guk, E. Darvin, D. Didro, J. Byuffon, E. Joffrua SentIler, I. V. Gyote va K. F. Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar va guruxdarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. Bu muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu konsepsiyaning birinchisini J. ʼ. Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm deb atalgan konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka organizmlarning oldindan belgilab berilgan xususiyati sifatida teleologik va metafizik nuqtayi nazardan qaraladi. Ch. Darvin yaratgan evolyutsiya nazariyasi (1859) Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin organizmlar evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib chiqadigan tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolyutsion taʼlimotning asosiy muammolarini ilmiy nuqtayi nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda uning dushmanlari — idealistik va teleologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida lamarkizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi (q. Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan olindi.

Evolyutsion taʼlimotning Ch. Darvindan keyingi rivojlanishi evolyutsiya mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtayi nazardan mutatsiya va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning eng asosiy omili hisoblanadi. Bu omillarning birgaliqsagi taʼsiri evolyutsiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar fenotipiga taʼsir etadi; natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan reaksiya meʼyoriga ega boʻlgan bir butun genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning elementar birligi populyatsiyalar hisoblanadi. Genetik jihatdan evolyutsiya populyatsiya genofondining muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolyutsiya) dan iborat. Tashqi muhit sharoiti oʻzgarishi xususiyatiga qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi, turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur individlar ontogenezining (q. Ontogenez) hamma davrida ham taʼsir etishi mumkin; filogenez ontogenozning genetik qatorlaridan iborat.

Makroevolyutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolyutsion jarayonlar integratsiyasidan iborat evolyutsion jarayon. Makroevolyutsiyada filogenezning umumiy qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar muayyan guruhlari evolyutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolyutsion cheklanish va taqiqlar orqali ham belgilanadi.

20-asrning 30-y. larida shakllangan mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion taʼlimot fan sifatida evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolyutsion farazlar va konsepsiyalar (jumladan, tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning bosh omili sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni oʻz ichiga oladi. Hoz. Evolyutsion taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻydi. Bu davrning asosiy vazifasi evolyutsion jarayonlar mexanizmini ochish orqali organizmlarning evolyutsion oʻzgarishini oldindan aytib berish va ana shu asosda evolyutsiya jarayonini boshqarishdan iborat (yana q. Darvinizm, Progress).


Lotin alifbosida maqola: EVOLYUTSION TAʼLIMOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
YAPONIYA
TOSHKENT
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты