EVRIBIONTLAR

EVRIBIONTLAR (evri… va yun. ʼyup1o8 — yashayotgan) — atrof muhit omillarining keng miqyosda oʻzgarishi sharoitida yashay oladigan hayvonlar yoki oʻsimliklar. Mas, kontinental iqlimda yashaydigan koʻpchilik quruqlik hayvonlari harorat, namlik, quyosh radiatsiyasining ancha oʻzgarib turishiga chidamli. Sohil yaqinida yashovchi organizmlarga namlik, harorat va koʻpincha shoʻrlanishning oʻzgarishi taʼsir etadi Evribiontlik organizmlarning muhit omillarining oʻzgarishiga chidamligi yoki ular ichki muhiti doimiyligi (gomeostaz)ni boshqarib turuvchi maxsus morfofiziologik mexanizmlarning boʻlishi bilan bogʻliq. Mas, poykiloterm hayvonlar haroratning ancha keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli, lekin haroratning faqat muayyan chegarasida faol hayot kechiradi. Evribiontlar stenobiontlarta nisbatan keng arealta ega.


Lotin alifbosida maqola: EVRIBIONTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
GOMEOSTAZ
BIOLOGIYA
IQLIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты