DOYCHE BANK

DOYCHE BANK (Deutshe Bank) , Hemis banki — GFRdagi aksiyadorlik banklar konserni, jahondagi eng yirik 10 bank katoriga kiradi. Bosh idorasi Frankfurt-Maynda joylashgan. 1870-y. da Berlinda tashkil etilgan, aksiyadorlik kapitali 15 mln. marka boʻlgan. 2-jahon urushidan keyin 1947-y. da Doyche bank filiallari negizida Gʻarb mamlakatlari yordami bilan 10 mintakaviy voris banklar tashkil etilgan. 1957-y. da bu banklar yagona bank boʻlib birlashdi. Bank Germaniya va chet ellarda yuridik va jismoniy shaxslardan iborat mijozlariga universal banklarga xos jami xizmatlar koʻrsatadi (kreditlar berish, depozitlarni saqlash, qimmatli qogʻozlar savdosi, loyihalarni moliyalash, sugʻurtalash, maslahat xizmatlari va b.). 2494 boʻlimi, shu jumladan chet ellarda jahon moliya markazlarida ochilgan 803 boʻlimi bor. Shulardan 550 tasi Yevropa mamlakatlarida joylashgan. 286 ming aksiyador bank mulkdori hisoblanadi, ustav kapitalida xususiy shaxslar hissasi — 38% yoki 2,5 mlrd. nemis markasi (1970-y. da 640 mln. marka). Balans summasi 722 mlrd. marka, oʻz kapitali 39,9 mlrd. nemis markasi (1995). Balans miqdorining yarmidan kupi chet ellarda joylashtirilgan. Doyche bankning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Toshkent sh. da 1994-y. 2 fev. da ochilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOYCHE BANK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
GERMANIYA
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты