EVTEKTIKA

EVTEKTIKA (yun. yeshekyz — oson suyuqlanuvchan) — suyuq holatida boshlangʻich komponentlar (aralashmalar) ning kristallari bilan muvozanatda, kristallanish t-rasi esa eng past boʻladigan suyuq sistema (eritma). Fazalar qoidasiga muvofiq, Evtektika oʻzgarmas trada kristallanish natijasida hosil boʻladi. Evtektika hosil boʻlish xususiyati suyuq holatda komponentlarining bir-birida erishi cheklanmagan, qattiq holatda esa cheklanadigan yoki mutlaqo erimaydigan sistemalar uchun xos.

Ikki komponentli evtektik sistemaning holat diagrammasi boʻycha qattiq holatdagi komponentlar bir-birida erimaydi, sof komponentlar (A va V) ning kristallana boshlash tralari bilan sistemaning tarkibidagi miqdori orasidagi bogʻlanishni koʻrsatuvchi egri chiziqlar (TA Ye va Tv Ye) evtektik nuqta (Ye nuqta) da kesishadi. Bunda suyuqlik (Ј) bir vaqtda ikkala komponent bilan toʻyinadi. Evtektika texnikada quymachilik qotishmalari, kavsharlar va boshqalar materiallar sifatida ishlatiladi.



KRITIK HOLAT
KRISTALLANISH
YER
HOLAT DIAGRAMMASI
IKKI KOMPONENTLI SISTEMALAR


Добавить комментарий