EGA

EGA — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa Ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan Ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday soʻz tartibi E. ning grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi. Mas: T i n ch l i k urushni yengadi. Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol). Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (H. Gʻulom).

Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda Ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq.

Neʼmat Mahkamov.


Lotin alifbosida maqola: EGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
IBN SINO
FEʼL
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты