EGALIK HUQUQI

EGALIK HUQUQI — mulk huquqiga tegishli tushuncha; mulkni qoʻlda (yaʼni, mulkning bevosita mulkdorni oʻzida boʻlishi) yoki biron joyda (mas, bankda, lombardda) saqlab turish bilan izohlanadi. Mulkdorlik, mulk huquqi mulkka egalik qilish huquqidan boshlanadi. Bunday huquq, avvalo, mulkdorga tegishli boʻladi. Ammo mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham boʻlishi mumkin. Mas, mulk shartnoma boʻyicha ijaraga qoʻyilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, garovga qoʻyilishida yoki maʼmuriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqaroga oʻtkazilishida mulkka Egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: EGALIK HUQUQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MULK
MULK IJARASI
XUSUSIY MULK
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты