EGAMBERDI OLLOMUROD OʻGʻLI

EGAMBERDI OLLOMUROD OʻGʻLI (1895 — hoz. Xatirchi tumani Yonbosh qishloqi — 1970) — oʻzbek xalq dostonchisi; dehqonbaxshi oilasida tugʻilgan. Otasi Ollomurod baxshidan dostonchilik yoʻllarini oʻrgangan. Uning vafotidan keyin 22 yoshidan boshlab xalq orasida dostonchilik qila boshlagan. Oʻz qishlogʻida muqim yashagan Egamberdi Ollomurod Oʻgʻlidan «Alpomish», «Kuntugʻmish», «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Avazxon» kabi dostonlar yozib olingan. Bu dostonlar Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intini folklor arxivida saqlanadi.

Ad. \ Mirzayev T., «Alpomish» dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968.


Lotin alifbosida maqola: EGAMBERDI OLLOMUROD OʻGʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALPOMISH
XALQ IJODI
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
Ozoda Nursaidova - Qishloqi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты