EGEY

EGEY — yunon mifologiyasida Afina podshosi. Uning oʻgʻli Tesey Minotavr (yarim buqa, yarim inson shaklidagi mahluq)ni oʻldirib, shu bilan Afinani podsho Minosga toʻlaydigan sharmandali tovondan xalos qilish maqsadida Krit o. ga yoʻl olgan. Egeyning u bilan kelishuviga koʻra, Minotavr bilan boʻladigan jangda Tesey gʻolib chiqsa, uning kemasidagi qora yelkanlar oq yelkanlarga almashtirilishi lozim boʻlgan. Biroq Tesey Minotavr ustidan gʻolib chiqqach, yelkanlarni almashtirishni yodidan chiqarib qoʻygan; E. qora yelkanli kemani koʻrgach, qirgʻoqsagi qoyadan oʻzini dengizga tashlagan. Shundan beri dengiz E. dengizi deb nom olgan (yunonlar dengiz nomini shunday izohlab kelishgan).


Lotin alifbosida maqola: EGEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
AFINA
YER
EGEY MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты