EGIRIN

EGIRIN (islandlar dengiz xudosi Egir nomidan) — piroksenlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi g4aGʻye[81206]; Kristallari prizmatik, yirik, baʼzan yupqa va ignasimon; yakka yoki shuʼlasimon tolatola agregatlar hosil qiladi. Rangi yashildan qoramtiryashilgacha, baʼzan rangsiz. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5, zichligi 3,5—3,6 g/sm3. E. ishqorli jinslar va ular bilan bogʻliq pegmatitlar hamda ishqorli metasomatoz zonalari uchun xos. Agpaitli nefelinlisiyenitlarda nefelin, ortoklaz, evdialit, apatit va boshqalar; ishqorli granitlarda albit, ribekitarfvedsonit, sirkon; ishqorli metasomatoz zonalarida albit, gematit, piroxlorlar bilan birga uchraydi. Oʻzgaranda xlorit, gematit, limonitga aylanadi. Qurilishda bezak toshi sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: EGIRIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
OKEAN
PIROKSENLAR
KALSIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты