EGOTSENTRIZM

EGOTSENTRIZM (lot. ego — men va — markaz) — shaxsning oʻz qiziqish doirasiga bogʻlanib qolishi, boshqa odamlar va narsalarga nisbatan oʻzining dastlabki bilishiga oid qarashi yoki fikrini oʻzgartira olmasligi, hatto oʻz tajribasiga qarama-qarshi axborotlarga moslasha bilmasligidan iborat, xislati. Egotsentrizm negizida insonning oʻz nuqtayi nazariga qarama-qarshi qarashlar mavjud boʻlishi mumkinligini tan olmasligi, tushuna bilmasligi hodisasi yotadi. Shaxsda oʻziga haddan ziyod ishonish ustuvorligi tufayli u boshqalarning ruhiy holatlari, baholash tizimini oʻziniki bilan aynan bir xil deb tasavvur qiladi. Egotsentrizmni oddini olish uchun shaxsda tadrijiy ravishda «oʻzlik» markazidan b«izlik» «umumiylik» xattiharakatiga oʻtish qobiliyatini rivojlantirish (detsentratsiya)ni yoʻlga qoʻyish joiz. Yakka shaxs jamoa, millat, jamiyat bilan hamkorlik qilgandagina komil insonga aylanishi hamda qoʻpchilik fikri va izmiga tushishi yuksak naf keltirishini uqtirish lozim. Turmushning barcha sohalarida faol ishtirok etish orqaligina Egotsentrizmdan xalos boʻlish mumkin. Egotsentrizm ilk bolalikdan yaqqol koʻzga tashlanadi, lekin 12—14 yoshlarda bu holat yanada kuchayadi, hatto keksalik davrida ham davom etadi. Tadqiqotlarda Egotsentrizmning bir necha turlari oʻrganilgan: a) bilishga oid Egotsentrizm shaxsning idrok va tafakkur jarayonlarida namoyon boʻladi; b) xulq-atvor Egotsentrizmi odamlarning xattiharakati, xulqi va qiligʻini idrok etishdagi noqobillikda ifodalanadi; v) muomala E. i inson tomonidan axborotni oʻzgalarga uzatishda yuzaga keladi, boshqalar qoʻllagan tushunchalar, maʼlumotlar va fikrlash mantigʻiga mensimay munosabatda boʻlishida aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishish, ishbilarmonlik oʻyinlari bilan shugʻullanish orqali insonda Egotsentrizmning kamayishi kuzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: EGOTSENTRIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
FRANSIYA
IBN SINO
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты