EDDINGTON Artur Stenli

EDDINGTON Artur Stenli (1882.28.12, Kendal, Uestmorlend — 1944.22.11, Kembrij) — ingliz astronomi va fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1914-yildan). Kembrij un-ti rasadxonasi direktori (1914-yildan), London Qirollik astronomiya jamiyati (1921—23) va Xalqaro astronomiya ittifoqi prezidenti (1938—44). Asosiy ilmiy ishlari astrofizika, kosmologiya va nisbiylik nazariyasiga oid. Eddington yulduzlar harakatini oʻrgangan, ularning ichki tuzilishi nazariy asoslarini ishlab chiqqan, birinchi marta yorqinlik muvozanati nazariyasini yulduzlar orasida qoʻllagan. Yulduzlarning yorqinligi ularning massasiga bogʻliq ekanligini aniqlagan. Eddington birinchi boʻlib muvozanatda boʻlgan yulduzlarning modelini hisoblagan.


Lotin alifbosida maqola: EDDINGTON Artur Stenli haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YULDUZLAR
FIZIKA
ASTRONOMIYA
BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты