EDELMAN Jerald Moris

EDELMAN Jerald Moris (1929.1.7, Nyu-York) AQSH biokimyogari. Amerika fan va sanʼat akademiyasi hamda Nyu-York akademiyasi aʼzosi. Ursinus kollejini tugatgan (1950), tibbiyot fanlari d-ri (1954). 1957-yildan Rokfeller tibbiyot tadqiqotlar in-tida prof. (1966). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar (antitelolar)ning birlamchi va uchlamchi strukturalarini oʻrganishga oid. Hujayralar va antitelolarni fraksiyalarga ajratish, oqsillarni fluoressent spektroskopiya qilish usullarini ishlab chiqqan. Ushbu usullar yordamida immunoglobulinlarning molekulalari toʻrtta polinukleotid zanjirdan iborat ekanligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1972; R. R. Porter bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: EDELMAN Jerald Moris haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YAPONIYA
GEOGRAFIYA
FRANSIYA
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты