EDINBURG

EDINBURG — Buyuk Britaniyadagi shahar, FertofFort qoʻltigʻi sohilida. Shotlandiyaning bosh shahri, Lotian r-nining maʼmuriy markazi. Aholisi 380,5 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Muhim madaniyat va sanoat markazi. Qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat (jumladan, pivo pishirish va viski i. ch.), mashinasozlik (tibbiyot asboblari ishlab chiqarish, priborsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo (farmatsevtika, oʻgʻitlar ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Un-t (16-asr dan), Shotlandiya akademiyasi, rasadxona, Shotlandiya Qirollik muzeyi, Milliy muzey, Milliy galereya, Edinburg munitsipal muzeyi va boshqalar bor. Shahar 6-asrdan maʼlum. 15-asrdan Shotlandiya poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan sobiq qirol koʻshki (11—16-asrlar), Shotlandiya qirollari saroyi (1128) va boshqalar 11—19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: EDINBURG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты